Siz xotirjam bo'ling,
saytingizni biz kuzatamiz

Sayt ishlamay qolsa, buni mijozlaringizdan emas, birinchi bo'lib o'zingiz bilasiz. Har daqiqada tekshiruv, Telegram orqali darhol xabar.

mysite.uz

99.98%so'nggi 60 kun

60 kun oldinBugun

Sayt yiqilganini kim birinchi biladi?

Ko'pincha egasi emas, mijoz. Va u xabar berguncha bir necha soat o'tib ketadi.

Pulse'siz

2 soat 38 daq

bexabar o'tgan vaqt

  1. Sayt ishlamay qoldi

  2. Mijozlar saytga kira olmayapti

  3. Buyurtmalar raqobatchiga ketdi

  4. Mijoz qo'ng'iroq qildi: "saytingiz ochilmayapti"

Pulse bilan

1 daqiqa

va siz allaqachon bilasiz

  1. Sayt ishlamay qoldi

  2. Telegram'ga xabar keldi

  3. Muammo tuzatildi

  4. Mijozlar hech narsani sezmadi

Uch qadam va 2 daqiqa

Hech qanday kod, o'rnatish yoki sozlash yo'q. Faqat sayt manzili va Telegram.

01

Sayt manzilini kiriting

Do'kon, landing yoki API: internetda ochiq turgan har qanday manzil.

02

Telegram'ni ulang

Bir bosish bilan botni ishga tushirasiz. Xabarlar shu chatga keladi.

03

Xotirjam bo'ling

Pulse har daqiqada tekshiradi. Muammo bo'lsa, birinchi bo'lib siz bilasiz.

Shunchaki "yiqildi" emas, nima bo'lganini ko'rasiz

Har bir xabarda muammoni tez tushunish uchun kerak bo'lgan hamma narsa bor. Ortiqcha shovqin yo'q.

  1. 01

    Xato kodi va sababi

    503, timeout yoki SSL xatosi: muammo qayerdaligini darhol bilasiz.

  2. 02

    Uzilish qancha davom etgani

    Sayt tiklanganda alohida xabar keladi, uzilish vaqti bilan.

  3. 03

    Sekinlashuv haqida ogohlantirish

    Sayt ishlayapti, lekin juda sekin bo'lsa ham xabar olasiz.

Kerakli hamma narsa, ortiqchasi yo'q

Yolg'on xabarsiz

Bitta xato javob hali "yiqildi" degani emas. Pulse ketma-ket 3 marta tekshiradi va muammo tasdiqlangandagina yozadi.

Har daqiqada

Kuniga 1 440 marta tekshiruv. Uzilish sezilmay qolmaydi.

Javob vaqti

Sayt qachon sekinlashganini grafikda ko'rasiz.

mysite.uz99.96% · 90 kun

90 kunlik tarix

Har bir kun bitta chiziq. Sayt qanchalik barqaror ekanini bir qarashda ko'rasiz.

Mijozlaringizga ochiq ko'rsating

Har bir saytga alohida ochiq sahifa. Mijoz "ishlayaptimi?" deb qo'ng'iroq qilish o'rniga havolani ochadi.

MMyShop
Yangilandi: 14:32
Barcha tizimlar ishlayapti
  • Veb-sayt99.98%
  • To'lov sahifasi100%
  • API99.91%

Pulse orqali kuzatiladi

Mijozlar loyihalari,
bitta joyda

Freelancer yoki agentlik bo'lsangiz, barcha mijozlaringiz saytlarini bitta paneldan kuzating.

  • Loyihalarni mijoz bo'yicha guruhlash
  • Har bir mijozga alohida status sahifa
  • Webhook va APItez orada
POSTwebhook · monitor.down
{
  "event": "monitor.down",
  "monitor": "mysite.uz",
  "status_code": 503,
  "checks_failed": 3,
  "response_ms": null,
  "started_at": "2026-11-17T14:02:00+05:00"
}

Hisob-kitob oddiy

Asosiy imkoniyatlarning hammasi bepul.

Pulse

Chek · oylik

  • 10 ta monitor0 so'm
  • Har 1 daqiqada tekshiruv0 so'm
  • Telegram xabarlari0 so'm
  • 90 kunlik tarix0 so'm
  • Ochiq status sahifa0 so'm
Jami0 so'm
Kuzatishni boshlash

Rahmat. Saytingiz ishonchli qo'llarda.

Ko'p beriladigan
savollar

Saytimga zarar yetmaydimi?

Yo'q. Pulse daqiqasiga bitta oddiy so'rov yuboradi, xuddi bitta tashrifchi kirgandek. Bu saytingiz tezligiga ta'sir qilmaydi.

Yolg'on xabarlar kelmaydimi?

Yo'q. Bitta xato javobdan keyin Pulse darhol yozmaydi: ketma-ket 3 marta tekshiradi va muammo tasdiqlangandagina xabar yuboradi.

Qanday saytlarni kuzatsa bo'ladi?

Internetda ochiq turgan har qanday manzilni: do'kon, landing, blog yoki API. Faqat sayt manzilini kiritasiz.

Telegram bo'lmasa-chi?

Hozircha xabarlar faqat Telegram orqali keladi. Boshqa kanallar tez orada qo'shiladi.

Status sahifani qanday ulashaman?

Har bir saytga getpulse.uz/status/... ko'rinishidagi alohida havola beriladi. Uni mijozlaringizga yuboring yoki saytingizga qo'ying.

Haqiqatan ham bepulmi?

Ha, hammasi bepul.

Keyingi uzilishni
birinchi bo'lib biling

Sayt manzilini kiriting. Qolganini Pulse o'z zimmasiga oladi.

Pulse tez orada ishga tushadi

Biz hali so'nggi tayyorgarlikni ko'ryapmiz. Instagram'da kuzatib boring, ishga tushganda birinchi bo'lib xabar beramiz.